Har 100 kishiga o‘rtacha 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda – Davstatqo‘m

Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillarning eng ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 467 176 ta.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, har 100 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillarning eng ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 467 176 ta.
Respublika bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli qolgan yengil avtomobillar soni hududlar kesimida quyidagicha: Samarqand viloyati — 323 586 ta; Farg‘ona viloyati — 276 558 ta; Toshkent viloyati — 262 741 ta; Qashqadaryo viloyati — 223 733 ta; Andijon viloyati — 192 944 ta; Xorazm viloyati — 187 457 ta; Buxoro viloyati — 180 478 ta; Namangan viloyati — 180 367 ta; Surxondaryo viloyati — 150 574 ta; Qoraqalpog‘iston — 113 140 ta; Navoiy viloyati — 75 039 ta; Jizzax viloyati — 72 530 ta; Sirdaryo viloyati — 60 803 ta.
Pandemiya yilida Rossiyada avtomobil savdosi qanday bo‘ldi?
Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—dekabr holati uchun 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 49 tani tashkil etishi ma’lum qilingan edi.