TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Allaqachon 20 dan ziyod, aksariyat Yevropa mamlakatlari “AstraZeneca” ingliz-shved kompaniyasining Oksford universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksinadan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi. Kecha ro‘yxatni vaksinaning “vatani” - Shvetsiya to‘ldirdi.
Rasmiy sabab – emlanganlarda qon quyuqlashishi kuzatilgan.
O‘z navbatida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, aslida, kompaniyaning yonini oldi. “Holatlarni vaksina keltirib chiqarganiga oid dalillar yo‘qligini” ma’lum qilib, “hayotlarni saqlab qolish va kasallikning og‘ir shaklini jilovlash uchun” emalash ishlarini davom ettirishga chaqirdi. Shunga qaramasdan, JSST kelib tushayotgan ma’lumotlarni o‘rganishi va natijalarini e’lon qilishga ishontirdi.
Afsuski, “AstraZeneca” bilan bog‘liq vaziyatni tibbiyot va xolis ilmiy tadqiqotlar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish befoyda. Dunyo farmatsevtikasi allaqachon poraxo‘rlikka botgan. Pandemiya esa bu jarayonni kuchaytirdi.
Shunday ekan, JSSTning pozitsiyasi “AstraZeneca” xavfsizligining real darajasi bilan naqadar bog‘liqligi, qay darajada siyosiy maqsadlarga muvofiqligini faqat taxmin qilish mumkin. Emlanganlarda og‘ir nojo‘ya ta’sir va hatto o‘lim holati kuzatilgani haqidagi xabarlar emlash boshlangandan buyon muntazam kelib tushardi, ammo preparatdan foydalanishni to‘xtatish kabi qat’iy qadamni Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa yetakchi mamlakatlari ularni bunga turtgan siyosiy sharoit yuzaga kelganda tashlashdi.
YeI emlash amalda barbod bo‘lmoqda. Bu haqda yetakchi dunyo OAVlari va obro‘li siyosatchilar bong urmoqda. Asosiy ayb, shaksiz, tegishli qarorlarni ishlab chiqishda eng faol ishtirok etgan Brussel, Berlin va boshqa G‘arbiy Yevropa poytaxtlariga gardanida. “AstraZeneca”ga pul tikish ularning asosiy xatolaridan biri bo‘ldi.
Kompaniyaning tayyor mahsulot bilan bir muddati kechikish bilan bozorga chiqqani yarim g‘alaba. Asosiysi – u Yevroittifoq oldida o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emas ekan.
Birinchi janjal yanvarda kelib chiqqan edi. O‘shanda “AstraZeneca” Brusselni ishlab chiqarish-logistika muammolari tufayli shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berishni yaqin oylarda 60 foizga qisqartirishga majburligi haqida xabardor qilgandi.
Buyuk Britaniya “AstraZeneca” bilan o‘z bitimini tuzgani vaziyatni keskinlashtirmoqda. Bitimga ko‘ra mamlakat o‘z hududida ishlab chiqarilgan preparatga ustuvorlik huquqiga ega. Bu Londonga qit’aga qaraganda vaksinaga bo‘lgan talablarini yaxshi qondirishni berdi. Ravshanki, yakunlangan Brexit ochiqchasiga YeI foydasiga bo‘lmagan.
Shunday ekan so‘nggi haftada Yevropa kompaniyaning kelishuvlarga rioya qilishiga erishish uchun imkoni bor narsalardan foydalanib, bosim o‘tkazdi.
Natijada vaziyat yanada yomonlashdi.
O‘tgan juma kuni “Reuters” agentligi “AstraZeneca” qo‘shimcha ravishda o‘z vaksinasini YeI mamlakatlariga yetkazib berishni qisqartirgani haqida xabar qildi. 25-fevral kuni kompaniya rahbari Paskal Sorio Yevropa parlamentiga ular YeIga birinchi chorakda 40 million doza – avvaliga rejalashtirishgan 90 million doza o‘rniga - yetkazib berishga harakat qilishlarini aytgandi. O‘tgan hafta oxirida bu ko‘rsatgich zo‘rga 30 millionga yetishi ma’lum bo‘ldi.
Vaksina obro‘yiga katta putur yetdi.
Biroq buni hal qiluvchi deyish yaramaydi. Katta ehtimol bilan yirik xalqaro tuzilmalar va boshqa nufuzli g‘arb davlatlari “AstraZeneca”ni qo‘llab-quvvatlashadi. Gap faqat u uchun emlashning asosiy preparati bo‘lgan Buyuk Britaniya haqida emas. Kecha kompaniya xabar tarqatdi. Unda AQSh hukumati bilan o‘z dorilarini qo‘shimcha yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagani aytilgan.
Buning hammasi G‘arb ichida bartaraf qilib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik kuchayotganini navbatdagi tasdig‘i sifatida yanada qiziq. Bundan bir necha haftalar muqaddam transatlantik hamkorlar o‘rtasidagi har qanday ixtilof Donald Trampning zararkunanda faoliyatiga ag‘darilardi. Ammo u Oq uyni tark etganiga qaramay, Yevropa va Shtatlar o‘rtasidagi mojarolar tugay demayapti, “Shimoliy oqim-2” yoki mudofaa xarajatlariga taalluqli yoki taalluqli emas. “AstraZeneca” atrofidagi janjal bo‘lsa – yangi omil va uning sababini ketgan AQSh prezidentining zimmasiga umuman yuklashning iloji yo‘q.
Chunki hammasining zamirida u uchun kurash qiziyotgan resurs taqchilligi yotibdi. Har bir ishtirokchi o‘z ulushi olish uchun kundan kunga “noan’anaviy” choralardan foydalanishlari qolmoqda.
Haqiqat shuki, u yerda bunday voqelikni tan olishlari dargumon. Bunda navbatdagi ravishda o‘z maqsadlari va qadriyatlari yagona bo‘lgan G‘arb ichida nifoq solayotgan jonga tekkan “Moskva qo‘li” borligi ma’lum qilinishi ajablanarli bo‘lmaydi.
Bunda buni uddalash, ayniqsa, oson bo‘ldi. Zero Yevropa “AstraZeneca”ga qarshi dushmanlarcha demarsh uyushtirib, bir necha zaxiradagi variantga ega bo‘ladi. Ular bilan yuqori ishonchni oqlamagan vaksina o‘rnini bosishadi. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi esa bu ro‘yxatga rahbarlik qiladi.