"Bugungi kunda mehnat migratlarini Moskva hududiga tashkillashtirilgan tanlov (orgnabor) orqali jo‘natishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusida markazimiz resurslaridan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolarning mustaqil migratsiyasi bilan ishlaydi. Tashkillashtirilgan tanlov doirasida ish beruvchi - Moskva migratsiya markazi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida shartnoma tuziladi, uning doirasida nomzodlarni tanlash, ularni Rossiya Federatsiyasi hududiga olib borish, moslashish va ish bilan ta’minlashda yordam beramiz"
“Biz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidagi hamkasblar bilan doimiy ravishda ma’lumot almashamiz. Nomzodlar va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi allaqachon mavjud. Faoliyatimizga Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti jalb qilingan. Mehnat migrantlari, agar kerak bo‘lsa, rus tilidan dars olishi mumkin. Bu O‘zbekiston mablag‘lari hisobidan subsidiya qilinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududida patent olish uchun rus tili, qonunchilik asoslari va tarixdan imtihondan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatni olish mumkin”
“Biz ish beruvchiga - barcha ma’lumotlar axborot tizimi bazasiga kiritishdan tortib, chet el fuqarosining kirish uchun ruxsatnoma olishgacha kuzatuv jarayonini amalga oshiramiz. Shu tarzda, patent olish vaqti qisqaradi. Fuqaro Rossiyaga tayyor ma’lumot profili bilan keladi”
“Qisqa vaqt ichida biz Moskva KTMM vakolatxonasini Toshkentda ochish uchun juda ko‘p ishlarni bajardik. Shu rejimda migratsiya markazimiz deyarli har kuni O‘zbekiston tomoni bilan aloqada bo‘ldi. Bugungi kunda migrantlarni tashkillashtirilgan tanlovning deyarli 50 foizi O‘zbekiston fuqarolari. Umid qilamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ish beruvchi va ishchi o‘rtasida kerakli aloqa, O‘zbekiston fuqarolarini mehnatga jalb qilish uchun eng shaffof sharoitlarni yaratib, Rossiya hududida mehnat qilishning huquqiy mexanizmini ta’minlaymiz"