O‘zbekiston koronavirusli bir yilni qanday boshdan kechirdi

O‘n oltinchi mart kuni respublika koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab karantin e’lon qilganiga roppa-rosa bir yil to‘ladi. O‘shandan buyon mamlakat ikki lokdaunni boshdan kechirdi. Bular qanday bo‘lganini suratlar yordamida esga olamiz.
Sputnik
1 / 21

Roppa-rosa bir yil avval, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangan edi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov rasman ma’lum qilgan edi.

2 / 21

16 martdan boshlab mamlakatda karantin joriy etildi. Maktablar, bog‘chalar va oliygohlar yopildi. Ko‘chalar bo‘shab qoldi.

3 / 21

Chegaralar yopildi. Hukumat avia, temir yo‘l aloqalarni uzib qo‘ydi. Fuqarolarga mamlakatni tark etish taqiqlandi. Shu bilan birga xorijda qolib ketgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

4 / 21

Mintaqalararo harakat vaqtincha to‘xtatildi. Kirish joylarda blokpostlar o‘rnatildi.

5 / 21

Maxsus stikerga ega haydovchilar harakatlanishi mumkin edi, xolos.

6 / 21

Niqob taqish yurib majburiy bo‘ldi. Niqobsizlar kattagina jarima tortila boshlandi. Bu hozir ham amalda.

7 / 21

Bozor va boshqa joylarga kirishda har bir kishining tana harorati o‘lchandi.

8 / 21

Bozorlar, muassasalar, ko‘chalar, transport vositalari muntazam dezinfeksiya qilindi.

9 / 21

Yopilgan chegaralar migrantlarga katta qiyinchilik tug‘dirdi. Ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, qariyalar, ayollar va bolalar olib ketildi.

10 / 21

Yangi infeksiya kasalxonalari qad rostlay boshladi.

11 / 21

Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijdan kelgan fuqarolar uchun karantin zona tashkil qilindi. Fuqarolar vatanga qaytganda majburiy ikki haftalik karantindan o‘tishlari zarur

12 / 21

Toshkentning "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar markazida Xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

13 / 21

Ko‘ngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshladi.

14 / 21

Xonanda Sevara Nazarxon xayriya markazida volontorlik qildi.

15 / 21

Koronavirusdan tuzalgan soni aniqlanayotgan holatlar orta boshladi.

16 / 21

O‘zbekistonga rossiyalik shifokorlar yordamga keldi.

17 / 21

Karantin choralari yengillashtirilib, qator tashkilotlar ishiga ruxsat berildi.

18 / 21

Roppa-rosa bir yil o‘tib 2021-yil 15-mart kuni poytaxtdagi bog‘chalardan biri karantinga yopildi. 16-mart kunidan boshlab, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn o‘qitishga o‘tkazildi.

19 / 21

Koronavirusni jilovlash va yengishga ommaviy emlash yordam beradi. Hukumat emlashni mart oyidan boshlamoqchi. Aholini emlashda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasidan ham foydalaniladi.

20 / 21

“Sputnik V” vaksinasi namunalarini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.

21 / 21

2021 yil 15-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 80 743 kishi kovid bilan kasallangan. Shulardan 79 371 tuzalib ketgan. 622 kishi esa virus qurboniga aylangan.