TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning eng ko‘p olib qochiladigan avtomobillari nomlari ma’lum bo‘ldi.
Rossiyada 2021-yilda eng ko‘p o‘g‘irlab qochilgan avtomobillar bu "koreyeslar" Hyundai va Kia, shuningdek, "yapon" Toyota bo‘ldi.
Bu haqda RIA Novosti sug‘urtachilardan olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.
Eng ko‘p olib qochilgan moddelar sifatida Hyundai Solaris, Kia Sportage va Toyota Camry aytilgan.
Bundan tashqari, eng ko‘p o‘g‘irlanadigan brenddagi avtomobillar sirasidan Range Rover, Lexus, Mercedes-Benz, konkret modellar sifatida esa Mitsubishi Outlander, Skoda Rapid, Toyota Land Cruiser 200, BMW X6, Infiniti QX80 sanab o‘tilgan.
"Joriy yil boshida olib qochiladigan avtomobillar yetakchiligi ancha o‘zgardi. Ro‘yxatni Koreyaning Hyundai Creta va Tucson krossoverlari hamda Kia Optima sedani tark etdi... Lada Vesta va Volkswagen Tiguan esa aksincha, yuqoriladi. Kia Sportage, Toyota Camry va Hyundai Solaris o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishgan – bu avtomobillar shu singari reytinglarning o‘zgarmas ishtirokchilaridir", - degan RIA Novostiga "MAKS" kompaniyasi mahsulot-menedjment va marketing boshqarmasi rahbari Yevgeniy Popkov.
Shunisi e’tiborga molikki, so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalar avtomobillarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar sezilarli kamayganini e’tirof etishgan. Xususan, "MAKS" olib qochishlar soni 2 barobardan ortiqqa qisqarganini ma’lum qilgan.
"RESO-Garantiya" kompaniyasi esa o‘g‘irlashlar sonida jiddiy o‘zgarish bo‘lmaganini aytgan.
"Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida o‘tgan yil fevral oyiga nisbatan o‘g‘irliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.
Biroq fevral oyida, yanvar oyidagiga nisbatan avtomobil o‘g‘irliklari 33%ga oshgan.