TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Prezident Vladimir Putin Andrey Kondrashovning yangi filmida Qrim bo‘yicha referendum haqidagi qaror qanday qabul qilingani haqida so‘zladi.
Filmdan parcha “Rossiya 24” telekanalida namoyish etildi.
"Qrimda izchillik va qattiqqo‘llik bilan harakat qilganimizda, men bugungi kunda biz Donbassda kuzatayotgan fojiaviy hodisalar yuz berishi mumkinligi ehtimolidan kelib chiqqan edim. Va voqealar aynan shunday rivoj topishining oldini olish uchun biz Qrim aholisi erkin irodasini ta’minlash uchun zarur harakatlarni ta’minlab berishga majbur bo‘lgan edik”, - dedi prezident.
U, pirovard maqsad, odamlarga ular keyinchalik qanday yashashni istashlari to‘g‘risida fikr bildirishlariga imkon yaratib berish bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Qrim Rossiya regioniga aylandi.
Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 %i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz bergan. Ukraina yarimorolni o‘ziniki, faqat vaqtincha okkupatsiya qilingan deb hisoblaydi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putinga ko‘ra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.