TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi internet foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida “Yil tanlovi – 2020” g‘oliblarini e’lon qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov 2020-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi deya e’tirof etildi.
“Yil imomi” yo‘nalishida 2-o‘rin Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Isxoqjon Begmatovga, 3-o‘rin esa Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘chqor ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.
“Eng obod masjid” yo‘nalishida Nukus shahridagi "Imom Eshon Muhammad" jome masjidi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘ringa Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo”, 3-o‘ringa Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidi loyiq ko‘rildi.