Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaksina poygasida g‘olib chiqqani haqida maqola

Koronavirusga qarshi vaksinalar poygasi Yevropa tomonidan boy berildi: birinchi o‘rinlarni Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston va Xitoy egalladi. Bu qanday ro‘y berdi?
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Fransiyalik jurnalist Lyuk de Baroshe koronavirusga qarshi jahon vaksinalar poygasida Yevropani mag‘lubiyatga olib kelgan xatolarni sanab o‘tdi. Bu haqda u Le Point nashrida chop etgan maqolasida to‘xtalgan.
De Baroshening so‘zlariga ko‘ra, har bir mamlakat jahon bozoriga preparatlarni yetkazib berish uchun shaxsan javob beradi. Yevropa o‘zining notashkilotchiligi tufayli “geosiyosiy narxni” to‘lamoqda.
Vaksina va siyosat: Yevropaga kirish uchun qanday vaksina kerak?
Ayrim davlatlar hukumatlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan oqibatlar fojialidir. Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, ushbu davlatlarda koronavirusdan o‘lim darajasi ortishi kuzatilmoqda, cheklovlar kuchaytirilmoqda va iqtisodiyot templarini rivojlantiradigan AQSh hamda Xitoy bilan uzilish ortmoqda.
"Yevropa ittifoqining birorta davlati – vaksina ishlab chiqaradigan eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilar orasida yo‘q, xususan, AQSh, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya singari”, - deydi de Baroshe.
U shuningdek, ushbu davlatlar hammadan ko‘ra tezroq vaziyatni tahlil qilib, zarur choralarni ko‘rganini qayd etgan. Ular COVID-19ga qarshi vaksinani yaratdilar va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirdilar. Bu, jurnalist fikriga ko‘ra, ularga geosiyosiy dividendlar olishga yordam beradi.
Shu bilan birga, de Baroshe koronavirusga qarshi preparatlarning boshqa davlatlarga yetkazib berilishi ko‘lamlariga e’tibor qaratdi.
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaksinalar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
Xususan, uning qayd etishicha, Pekin 40ta mamlakatga 80 million doza vaksina sotgan, Nyu-Deli - 25 million. Rossiyaning "Sputnik V"si ham ortda qolayotgani yo‘q, u dunyoning 40dan ortiq mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.
Jurnalist shu yerda G‘arbning xudbinligiga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, AQSh ichki ishlab chiqarishdagi vaksinalarning kattagina qismini o‘zi uchun zaxiraga olib qo‘ygan, Yevropa ittifoqi esa darhol eksport nazoratini joriy qilgan.
O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov
"Bu xudbinlikning siyosiy bahosi bor. Xalqaro maydonda Jo Bayden tomonidan "Amerika qaytdi”, deya aytilgan shiori boy davlatlarning ziqnaligi bois ma’nosiz yangramoqda”, - deya ta’kidlaydi de Baroshe.
Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, vaksinalarni yetkazib berish borasida global hamkorlik ancha samarali bo‘lar edi va buning natijasida jahon iqtisodi tiklanishi ham tezlashardi.
"Ammo Yevropa ittifoqi hech narsa taklif etolmaydi", - deydi de Baroshe.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Yevropa amalga oshmaydigan orzuga ishonishda davom etmoqda”.