TOShKENT, 9 mar — Sputnik. "Tojikiston temir yo‘llari" DUK va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ("O‘zbekiston temir yo‘llari") o‘rtasida So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston manbasi.
Ta’kidlanishicha, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
"So‘g‘d viloyatida poyezdlar uchun elektr uzatish liniyasini barpo etish vazifasini O‘zbekiston tomoni to‘liq o‘ziga olmoqda. Ishlar yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda”, - deb ma’lum qildi tojik kompaniyasidagi manba.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, poyezdlar tranziti uchun Tojikistondagi Spitamen tumanidan Konibodom stansiyasiga qadar Elektr uzatish liniyalari qurilishi 108 kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi.
Ekspertlar fikricha, ushbu loyiha poyezdlarning to‘xtovsiz harakatlarishini ta’minlaydi hamda ikkala qo‘shnilar o‘rtasida tovar eksporti va importi hajmini ortishiga xizmat qiladi.
Boshqa tomondan, elektrovozlar dizel yoqilg‘ida yuradigan teplovozlarga qaraganda rentabelligi past va ekologik jihatdan ustundir.
Shuni ta’kidlash joizki, deb yozadi nashr, shu paytga qadar tojik tomoni elektrovozlar yo‘qligi tufayli poyezdlar tranzitini, shu jumladan, o‘zbek poyezdlari tranzitini ham teplovozlar yordamida amalga oshirgan.
Ammo har bir lokomotiv quvvati 3 ming ot kuchiga teng bo‘lib, ular uchun ko‘p miqdorda dizel yoqilg‘i talab etiladi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasi barpo etilganidan so‘ng, mintaqa bo‘ylab yiliga 32 mingta poyezd harakatlanadi va buning oqibatida tovarlar importi/eksporti hajmi oshib, ikkala qo‘shni davlatlar iqtisodiyoti rivojiga impuls bo‘ladi.