TOShKENT, 9 mar ― Sputnik. Faqatgina beshta mamlakat turistlar uchun to‘liq ochilgan, shu bilan birga har uchinchi davlat sayyohlar dam olishi uchun yopiqdir, deyiladi Butunjahon turistik tashkiloti bayonotida.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida dunyoning 217 mamlakatidan turistlar uchun 69tasi yopiq bo‘lgan, ya’ni - 32 %i, bu davlatlarning teng yarmida chegaralar 10 oy davomida yopiq bo‘lgan. Yana 73 davlatning chegarasi (34%) qisman yopilgan. 70ta mamlakat (32%) koronavirusga qilingan test natijalarini taqdim etishni yoki davlatga kirib kelgach majburiy karantin choralariga amal qilishni talab etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, faqatgina beshta mamlakat (2%) turizm uchun to‘liq ochiq - u yerda hech qanday cheklovlar yo‘q.
Bu ro‘yxatga Albaniya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Shimoliy Makedoniya va Tanzaniya kiritilgan.
Butunjahon turistik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda turizm bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ulkan zarar ko‘rmoqdalar, nega deganda o‘tgan yilda koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro tursayyohatlar soni 74%ga kamaygan. Bu 2019-yil bilan taqqoslaganda minus milliard sayyohatlardir. Hozirda turizm sohasida 100 milliondan 120 milliongacha ish o‘rinlari yopilish xavfi ostida qolgan.