TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma xonim koronavirusga chalindi, deb xabar qildi Suriya yetakchisi devoni.
“Ular COVID-19 belgilariga o‘xshash yengil alomatlarni boshdan kechirgach, prezident Bashar Asad va Asma xonim PSR-testini topshirishdi. Tahlil natijasi musbat chiqqan", - deyilgan xabarda.
Bayonotda aytilishicha, Bashar Asad va rafiqasining ahvoli barqaror holatda.
Suriya prezidenti va uning rafiqasi ikki-uch hafta davom etadigan uy karantini davrida o‘z vazifalarini davom ettirishadi.