Yaponiya O‘zbekistonga 2ta kredit ajratadi

Yaponiya koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siriga qarshi kurashish uchun tezkor yordam sifatida 15,0 milliard yapon yenasi miqdoridagi mablag‘ 15-yil muddatga 4-yillik imtiyozli davr bilan ajratadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida “O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Yaponiya o‘z chegaralarini yopmoqda
Loyiha doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida o‘tkazilgan qarz muzokaralari bo‘yicha erishilgan natijalar: muzokoralar davomida YaXHA ushbu qarz mablag‘lari ikkita transhda ajratilishini ma’lum qildi:
- Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siriga qarshi kurashish uchun tezkor yordam sifatida 15,0 milliard yapon yenasi miqdoridagi mablag‘ 15-yil muddatga 4-yillik imtiyozli davr bilan ajratish uchun Jaxon banki YaXHA bilan birgalikda islohotlar matritsasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirildi;
- Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 195,0 million AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25-yil muddatga 7-yillik imtiyozli davr bilan ajratilish maqsadida YaXHA tomonidan energetika sohasida islohotlar matritsasi ishlab chiqilgan bo‘lib, Energetika vazirligi tomonidan hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan bajarilishi kutilmoqda.