Yana bir davlat O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochdi

Beshinchi martdan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolariga yana bir davlatga kirib borishga ruxsat berildi. Avia-chegarani koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi PSR-test bilangina kesib o‘tish mumkin
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Gruziya O‘zbekiston fuqarolariga PSR-test mavjud bo‘lgan taqdirda chegarani kesib o‘tishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar berilgan.
Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston fuqarolari qo‘llarida salbiy javobli test bilan kelgan bo‘lishlari va PSR-test Gruziyaga uchishdan 72 soat oldin amalga oshirilgan bo‘lishi shart.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan taqdirda respublikaga kirib kelishlariga ruxsat berilgan mamlakatlar fuqarolari ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risida qarorni imzoladi.
Ushbu ro‘yxatdan Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati o‘rin oldi.
"Gruziyaga havo chegarasi orqali Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari kirishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Ilgariroq, 1-martdan Gruziyaga Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va Rossiya fuqarolariga kirishga ruxsat berilgan edi.