TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekiston meva-sabzavot va tez buziladigan mahsulotlarini refrijerator-vagonlarda Rossiyaga eksport qilish mumkin deb hisoblaydi Oziq-ovqat sektori korxonalari assotsiatsiyasi (ASORPS) prezidenti Mixail Sinev.
“Buni amalga oshirsa bo‘ladi. Rossiya refrijerator konteyner operatorlari ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga tayyor. Lekin muammo shundaki - O‘zbekistonda kichik qishloq xo‘jalik korxonalari juda ko‘p. Ularning mahsulotlarini rejalashtirilgan vaqtda bir joyga jamlaydigan yirik konsolidator kerak, kamida 1000 tonna. Ushbu masala hal bo‘lganidan so‘ng biz ishlashni boshlaymiz”, - dedi Mixail Sinev.
Tashkillashtirish bosqichida O‘zbekistonda meva sabzavotlar uchun 2tadan 5tagacha refrijerator konteynerlar olib kelinishi kutilmoqda. Loyiha muvaffaqiyatli boshlanganidan so‘ng bunday tashuv usubi doimiy amaliyotga aylanadi. Transportirovka qilinadigan asosiy mahsulotlar - uzum, xurmo, anor va sabzavotlar.
Bunday yuk tashish amalitotini rivojlantirish uchun Rossiyadan O‘zbekistonga ham past haroratda saqlanuvchi teng hajmdagi yuk jo‘natish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak. Lekin hozircha bunday talablar yo‘q.
Rossiyaning Oziq-ovqat sektori korxonalari assotsiatsiyasi (ASORPS) delegatsiyasi fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Farg‘ona viloyatida bo‘lib meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashishdi va mahsulotni jamlash, tayyorlash va tashish logistikasini o‘rganishdi.