Yangi sanksiyalari bilan G‘arb “temir parda”ni qayta tushirmoqda

Rossiya - tez oyoqqa turayotgan va ulkan potensialga bo‘lgan kuchli davlat ekanini anglab yetgan G‘arb davlatlari, sovuq urush yillarida bo‘lgan "temir parda"ni qayta tushirishni istab qolishdi.
Sputnik
G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritgan yangi sanksiyalari ustidan hazil qilish juda oson – chunki Aleksey Navalniy tufayli qabul qilinayotgan qarorlarda qarama-qarshilik va mantiqsizliklar juda ko‘p.  
AQSh va Yevropa tutayotgan yo‘lni tushunish, ular yetishni ko‘zlagan maqsadni tushunish – juda amrimahol. Ular qilotgan ishlar diqqat bilan kuzatilganda esa, kuzatilayotgan barcha paradoks va absurdlarga qaramasdan, ushbu harakatlarning barchasi negizida – tamomila ratsional niyatlar yotganini anglash mumkin.
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi
E’tibor bergan bo‘lsangiz, 2010-yillarning o‘rtasidan beri yevropaliklar va amerikaliklarning Rossiyaga qarshi harakatlarida oldingidek yakdillik va ishtiyoq kuzatilmayotgan edi. Bu safar sanksiyalar Atlantik okeanining ikki tomonidan bir kunda emas bir daqiqada e’lon qilindi, demak bu – so‘zsiz kelishilgan qadam bo‘lgan. Rossiyaga qarshi qiritilgan sanksiyalar oldidan – “artpodgotovka” (jang oldidan raqibni zambaraklardan o‘qqa tutish) ham dramaturgiya janrining barcha qonunlariga muvofiq amalga oshirildi: finalda ulkan sensatsiya va’da qilingan holda  tomoshabinlar bir necha hafta davomida “xavfli kutish holatida” ushlab turildi.
Oqibatda esa - “vahima katta bo‘ldi-yu natija bir tiyinlik”. Ular sanksiya ro‘yxatiga kiritgan Rossiya kuch tizimlari rahbarlariga bu choralar “chivin chaqqandek” bo‘maydi. “Biologik va kimoviy” qurol ishlab chiqaruvchi tashkilotlar borasida ham vaziyat xundi shunday. AQShning Rossiyaga yordam ko‘rsatishni rasman to‘xtatishi esa – umuman kulguli. Nazarimda “hamkorlarimiz” haliyam 1999-yilda yashayotgandek.
Aleksey Navalniyning o‘zi esa bir necha oy oldin “polkovnik va generallar” dunyo bo‘ylab sayohat qilmasligini va ularga qarshi sanksiyalar kiritish befoyda ekanini va aytgan edi. O‘shanda u YeIga asosiy e’tiborni rossiyalik oligarxlar mablag‘lariga qaratish kerakligini maslahat bergan edi.
Aytish joizki, yirik biznesmenlarga zarba berilsa, natija haqiqatdan ham sezilarli bo‘lishi mumkin. Ular uchun ham milliy iqtisodiyot uchun ham. “Shimoliy oqim-2” kabi strategik loyihalarni yopish haqida gap ketayotgani yo‘q. Lekin G‘arb, o‘zining balar rusofob gaplariga qaramasdan, bu safar ham faqatgina yuzaki samara beruvchi foydasiz choralar bilan kifoyalandi xolos.
Navalniy va uning yordamchilari muxolifat emas - Zaxarova
Amerika va Yevropaning go‘yoki “jon jahdi” bilan himoya qilayotgan rossiyalik muxolifatchi borasida ham fikrlari turlicha. Bir tomondan G‘arb Navalniyga turli iltifotlar ko‘rsatib, uni  Kremlning bosh dushmani va asosiy “qurbon”iga aylantirdi. YeI tarida ilk bor inson huquqlari buzilishi borasida sanksiyalarni qo‘lladi va hatto ana shunday huquqlar buzilishiga oid global sanksiyalar tartibini joriy etdi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi esa – taajubli qaror qabul qildi – ular Rossiyadan Navalniyni darhol ozod qilishni talab qilishdi.
Ikkinchi tomondan esa, AQSh ham Yevropa ham Navalniy shaxsi haqida hech qanday balandparvoz illyuziyalarga ega emas. Chunki ular Navalniy bir necha yil oldin tovlamachilikda ayblanib qamoq jazosiga mahkum etilgan “Iv Roshe” ishida hech qanday siyosiy sabab topa olmagan.
Amnesty International esa, harchand egiluvchan va siyosiy konyunkturalarga bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan, Navalniyni faqatgina siyosiy va vijdoniy qarashlari uchun qamoqqa olingan – “vijdon mahbusi” deb tan olmadi. Ularni tushunish mumkin, o‘tgan yillar davomida Navalniy o‘zining irqparast va ksenofob qarashlari bilan yaxshi tanilgan edi.
Dastlab, Yevropa Ittifoqi o‘z yangi rejimini Aleksey Navalniy nomidagi sanksiyalar deb atamoqchi edi, lekin keyinchalik, qahramonning “tarjimai holini” yaxshilab o‘rganib chiqqandan so‘ng – bunday g‘oyadan voz kechishgan.
Oqibatda, G‘arbning bugungi harakatlari – qo‘l ostiga tushgan unchalik mos kelmaydigan sabablarni ro‘kach qilgan holda Moskva bilan munosabatlarni murakkablashtirayotganini va unchalik mantiqqa mos kelmaydigan harakatlarni amalga oshirayotganini ko‘rish mumkin.
Yevroparlament Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi rezolyutsiya qabul qildi
Lekin ushbu voqealarda yana bir narsani – Yevropaning vahima ostida - o‘zini qattiq himoya qilishga tayyorlanayotganini ham payqash mumkin. Ayni damda Rossiya, AQSh va Yevropa munosabatlari navbatdagi transformatsiyani boshidan kechirmoqda.
O‘tgan dekada o‘rtasida sodir bo‘lgan katta to‘s-to‘polon va undan so‘ng Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar - G‘arb tomonidan Rossiyani iqtisodiy,  siyosiy, geosiyosiy jihatldan to‘liq mag‘lub qilish uchun uyushtirilgan harakat edi. Voqea boshida ular “ozgina kuch” bilan g‘alaba g‘ozonishiga ishonlari mutlaq komil edi.
Lekin Rossiya yana bir marotaba G‘arbga “surpriz” namoyish qildi. Rossiya bir necha yil davomida sanksiyalarni puchga chiqarishga, Yevropa bilan esa asosli hamkorlikni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘tgan yil voqealari esa G‘arbni yana bir bor Rossiyaga boshqacha nazar bilan qarashga, u haqida o‘z tasavvurlarini o‘zgartirishga majbur qildi. G‘arb vanihoyat Rossiya tasodifan muvaffaqiyat qozongan qandaydir “yovuz imperiya” emas, balkim tez oyoqqa turayotgan, ulkan potensialga va yeng ichiga yashiringan bir necha “tuz”lar ega bo‘lgan kuchli davlat ekanini tushunib yetdi.
Kreml YeIning Navalniy tufayli sanksiyalariga munosabat bildirdi
Kuchli Rossiya esa – Yevropani har doim qo‘rquvga emas rostakam dahshatga solgan. Ular bugun Moskva ham iqtisodiy, ham siyosiy ham mafkuraviy va media tomonidan hujumga o‘tganini ko‘rishmoqda.   
Lekin ularda o‘z kuchiga ishonch yo‘q, shu sababli ular o‘zlarini himoya qilish maqsadida tezlashtirilgan tartibda temir pardani tushirish va munosabatlardagi keskinlikni chuqurlashtirish bilan shug‘ullanishmoqda.  
Xullas G‘arb hozir sovuq urush vaqtidagi tartib-qoidalarga qaytishni istab qoldi. U vaqtlar Sovet Ittifoqi va G‘arb orasida  faqat bir necha kanallar bo‘yicha aloqa yo‘lga qo‘yilgan edi, qolgan sohalar esa mutlaq yopib tashlangan edi.
Lekin u vaqtlar G‘arbning yomon ta’sirini kamaytirish bo‘yicha asosiy choralar chegaraning biz tomonida qabul qilinar edi. Endi bo‘lsa G‘arb SSSRning samarasiz tajribasidan o‘rnak olmoqchiga o‘xshaydi.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Aleksey Navalniy nomidan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘ldi desa ham bo‘ladi. Lekin AQSh va Yevropaning SSSR xatolarini takrorlayotgani – kishini hayratga soladi, xolos.