Turkiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6-9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turkiya delegatsiyasi mamlakatning Samarqanddagi Bosh konsulxonasining ochilishida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2021-yilning 6-9 mart kunlari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzoladi
Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish o‘rin olgan.
Shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.