Bu ish bermadi! AQSh demokratiyani deb, dunyodagi rejimlarni ag‘darmaydigan bo‘ldi

AQSh Davlat kotibining ta’kidiga ko‘ra, Vashingtonning demokratiyani kuch bilan tiqishtirish bo‘yicha harakatlari hech qanday kutilgan natijani bermadi
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQSh ma’muriyati rejimlarni ag‘darish va harbiy intervensiyalarni amalga oshirish orqali boshqa davlatlarga demokratiyani kuch bilan tiqishtirish amaliyotidan voz kechadi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda brifing davomida xuddi shunday murojaat bilan chiqish qildi.
Qrimga e’tibor. Bayden davrida NATO rejalari qanday o‘zgarmoqda
Davlat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho harbiy intervensiyalar yoki avtoritar rejimlarni ag‘darishga urinish orqali demokratiyani ilgari surish istalgan natijalarni olib kelmadi.
"Biz qimmatbaho intervensiyalar yoki avtoritar rejimlarni kuch bilan ag‘darishga urinishlar orqali demokratiyani ilgari surishdan voz kechamiz. Biz bu taktikani o‘tmishda qo‘llashga urindik. Ammo istaklarimiz ezgu bo‘lishiga qaramay, bu ish bermadi", - dedi Blinken.
Davlat kotibi bayonotiga ko‘ra, endilikda Vashington "bu ishni boshqacha amalga oshiradi".
Jo Bayden qasamodddan so‘ng qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi
"Biz demokratiyani boshqa mamlakatlarga shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda ilgari suramiz, sheriklarimizni demokratik o‘zgarishlar uchun rag‘batlantirib boramiz", - dedi u.
Financial Times nashrining yozishicha, prezident Jo Bayden administratsiyasi oldingi prezident Donald Trampning "yakkalashuv va millatchilik siyosatidan farq qiladigan yangi tashqi siyosatni" barpo etishga urinmoqda.
Bayden davridagi AQSh mamlakat boshqa davlatlar ishiga aralashib, o‘zini "global politsiyachi" sifatida tutapti, degan ayblovlardan yiroq bo‘lishga va dunyodagi yetakchi pozitsiyalarni saqlab qolishga harakat qiladi.