Abdulaziz Kamilov Belarus TIV rahbarining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Uchrashuvda 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi
Sputnik
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Bugun, 4-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Guranovni qabul qildi.
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston – Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Belarus tomoniga joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklifnoma topshirildi.
Uchrashuvda 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi.