TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQShlik shifokorlar birinchi marotaba bir nechta bemorlarda "abadiy" koronavirusni aniqladilar. Bu haqda medRxiv portali xabar bermoqda.
Janubiy Kaliforniya universiteti mutaxassislari koronavirus bilan bemorlangan uch nafar insonning kasallik davri yarim yildan ortiq vaqt davom etayotganini aniqladilar.
Tadqiqot davomida shifokorlar bu nima evaziga ro‘y berayotganini aniqlashdi. medRxiv portali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bemorlar og‘ir kasalliklardan aziyat chekmoqda. Masalan, bir o‘smir va bog‘cha yoshidagi o‘g‘il va qizaloqda leykemiya kasalligi qayd etilgan bo‘lib, bu dard ularga koronavirusdan tezda sog‘ayib ketishlariga imkon qoldirmagan.
"Immuniteti sust, SARS-CoV-2ga chalingan odamlar mutatsiyalar to‘planishi va kelgusida immun reaksiyalarga qarshilik ko‘rsata oladigan yangi shtammlar paydo bo‘lishi uchun rezervuar sifatida xizmat qilishlari mumkin, degan tashvish tobora ortmoqda". - deydi mutaxassislar.
Tadqiqotchilar xulosalariga ko‘ra, immun tizimi yupqalashgan odamlar koronavirus oldida o‘ta mo‘rt bo‘lib qoladilar.
Shu bilan birga, shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, koronavirus organizmda uzoq vaqt davomida bo‘la turib, faol ravishda o‘zgara boshlaydi. Shu tufayli ko‘plab mutatsiyalar paydo bo‘lib, ular infeksiyalarga antitanachalar hujumidan omon qolishga yordam beradi.
Shu tariqa, bemorlar, yarim yil davomida infeksiyaga chalinishlari mumkin. Bemorlardan biri hatto unda koronavirus aniqlanganining 250-kunida ham yuqumlilik ehtimolini saqlab qolgan.
Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, bu singari kasalliklar bo‘lmasa inson COVID-19ni 10 kun davomida tarqatishi mumkin.