O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 80 ming nafardan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lumot berdi.
"Sputnik V"ni O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda – Lavrov
Qurbonov O‘zbekiston fuqarolaridan kelib tushgan: "Respublikada emlash jarayonlari qachon boshlanadi?", degan savolga javob berar ekan, O‘zbekiston aholisining 20 foizini emlash uchun 2021-yil boshida vaksinalarga buyurtma berilganini va O‘zbekiston Respublikasiga mart oyining o‘rtalarida vaksina bilan ta’minot yetib kelishi haqida ma’lum qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosarining aytishicha, Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan vaksina bo‘yicha ham RF bilan doimiy muzokaralar olib borilmoqda va Sputnik V vaksinasi bilan O‘zbekistonda emlash jarayonlarini mart oyida boshlash rejalashtirilgan.