O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 80 mingdan oshib ketdi

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 000 nafardan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘tgan kun O‘zbekistonda yana 45 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 80006 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
To‘rt milliondan ziyod O‘zbekiston aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi – ro‘yxat
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Mamlakatdan ushbu kasallikdan sog‘ayganlar jami soni 78549 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 835 nafar bemordan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.