TOShKENT, 2 mar — Sputnik. DLBI ma’lumotlar sizishi razvedkasi xizmati 2020-yilda eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qilmoqda.
123456 birikmasi avvalgidek eng ommabop parol bo‘lib qolmoqda. Reytingda 123456789 va 000000 ham yuqori o‘rindan joy olgan. Birinchi marta unda “asdasd” va “asdfghjkl”, kirill yozuvidagi “marina” paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga “qwerty” birikmasidagi parollar yetakchi pog‘onalardagi o‘rnini yo‘qotgan. Ular o‘tgan yili ro‘yxatning birinchi yarmini egallagandi. Lekin bu birikmalar faqat harflardan iborat parollar orasida yetakchi.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, inglizcha “password”, “iloveyou”, “dragon” va “monkey”kodlari eng ko‘p tarqalgan. Kirill yozuvida esa “ysuken” (o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda edi), “parol” (2019 yil yetakchisi), “ya”, “lyubov” va “privet” eng ko‘p foydalanilgan.
Eng ommabop o‘ntalikka “natasha”, “maksim”, “lyublyu”, “andrey” va “marina” ham kiritilgan.
Bundan tashqari, 2020-yilda koronavirus bilan bog‘liq parollar paydo bo‘lgan. Masalan, “covid19”, “korona”, “epidemic”, “COVID19_Access”, “pandemic”, “coronavirus”.