TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Baxtiyor Ismoilov O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu tayinlovga qadar u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.
Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori bo‘lgan.
2017-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahrining yangi prokurori etib tayinlangan edi.