YeIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Slovakiya Rossiya vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan dunyodagi 39 va Yevropa Ittifoqidagi ikkinchi mamlakat bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Slovakiya hukumati koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda vaksinaning Twitter᾽dagi sahifasida xabar qilindi.
“Slovakiya “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan dunyodagi o‘ttiz to‘qqizinchi va YeIda ikkinchi mamlakat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qo‘rqishadi – RTTIF
Vaksinaning birinchi partiyasi Slovakiyaga 1-mart kuni yetkazib berilgan. “Sputnik V” dunyoda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi dunyo vaksinalarining yetakchi uchligiga kiradi. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan 39 ta mamlakatning jami aholisi 1,1 milliarddan ziyod.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Vengriya birinchi bo‘lib “Sputnik V”ni ma’qullagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putindan mamlakatga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘ragani xabar qilingan edi.