Bayden Gorbachovni yubiley bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Jo Bayden SSSR sobiq rahbari Mixail Gorbachovni yubiley bilan tabrikladi. 2-mart kuni SSSRning sobiq prezidenti 90 yoshni qarshiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden SSSR sobiq rahbari Mixail Gorbachovni yubiley bilan tabrikladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Mixail Gorbachov 90 yoshda - noyob arxiv suratlar
Bugun, 2-mart kuni SSSRning sobiq prezidenti 90 yoshni qarshiladi.
"Amerika xalqi nomidan sizni 90 yoshingiz bilan tabriklayman. Bu sizning afsonaviy hayotingizdagi muhim voqea. Mardlik va ozodlikka bo‘lgan sadoqatingiz, o‘nlab yillar davomida qiyin, ammo zarur qarorlarni qabul qilganingiz tufayli dunyo xavfsizroq bo‘ldi va bu hali ham ilhom manbai bo‘lib qolmoqda", - deb yozilgan maktubda.
Gorbachov-fondi matbuot xizmati boshlig‘i Pavel Palajchenko ma’lum qilishicha, maktubda SNV-3 shartnomasi xususida ham to‘xtalgan.
"Men chin dildan umid qilamanki, SNV-3 shartnomasining besh yilga uzaytirilishi, Siz boshlagan ishni davomi birgalikdagi sa’y-harakatlar yo‘lida AQSh va Rossiya kelgusida ham hamkorlik qilishi mumkinligidan dalolat beradi", - deyilgan tabrik maktubida.