TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Moliya vazirligi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.
Unda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular yangi miqdorlarda belgilash qayd etilgan.
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 11 200 so‘m (ilgari 9400 so‘m);
- eng kam chakana narx - 13 200 so‘m (11 200 so‘m).
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 41 200 so‘m (33 000 so‘m);
- eng kam chakana narx - 49 400 so‘m (36 600 so‘m).
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 28 600 so‘m (24 000 so‘m);
- eng kam chakana narx - 34 400 so‘m (28 500 so‘m).
"Mazkur qaror 2021-yil 15-martdan kuchga kiradi", - deyilgan hujjat loyihasida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1-oktabridan boshlab alkogol mahsulotlarining yangi narxlari belgilangandi.