TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekistonda birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan kishilar ro‘yxatini e’lon qildi. Joriy yilda 4 112 668 nafar aholini COVID-19ga qarshi bilan emlash ko‘zda tutilmoqda.
Emlanadigan kishilar ro‘yxati:
- qariyalar 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar;
- keksalar 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar;
- uzoq umr ko‘ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar;
- tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar;
- surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar;
- maktab o‘qituvchilari – 689 383 nafar;
- maktabgacha ta’lim xodimlari – 223 426 nafar;
- qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.
Eslatiz o‘tamiz, avvalroq innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova aholini koronavirusga qarshi emlashda “Sputnik V” va “ZF-UZ-VAC 2001” Xitoy-O‘zbekiston vaksinasidan foydalanish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.