O‘zbek kurashchilari Ukrainada 11ta medal qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi.
O‘z tarixida yigirmanchi marta tashkil etilgan musobaqada dunyoning 20dan ortiq davlati kurashchilari uch kun davomida medallar uchun gilamga chiqishdi.
Yakunda o‘zbek erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi. G‘ulomjon Abdullayev va Ilyas Bekbulatov o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Erkin kurash musobaqasida sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Oltin medal
57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
70 kg: Ilyas Bekbulatov
Kumush medal
57 kg: Nodirjon Safarov
Bronza medal
57 kg: Mahmudjon Shavkatov
79 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Javrail Shapiyev
Yunon-rum kurashi musobaqasida sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Bronza medal
55 kg: Ilhom Bahromov
67 kg: Aram Vardanyan
82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
87 kg: Rustam Assakalov
130 kg: Mo‘minjon Abdullayev