“Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yganganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Aniqlanishicha, besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan kafedagi yong‘in sababchisi muqaddam sudlangan samarqandlik.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs 2021-yilning 27-fevral kuni soat 03:30 larda “Matiz”da manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepgan. So‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatgan. Yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.
MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi
Ushbu jinoyatni muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik), 168-moddasi 3-qismi (ko‘p miqdorda firibgarlik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etilgani aniqlangan va u ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Shovotlandiya” kafesida chiqqan yong‘in natijasida mazkur kafeda ishlagan va ashagan besh kishi halok bo‘lgan edi.