Tojikiston o‘zbekistonliklar uchun chegarani qachondan ochadi - vazir izohi

Sal avval tojik OAVlarida respublikalar o‘rtasida erkin harakatlanish Navro‘z bayramiga kelib tiklanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim Tojikiston va O‘zbekiston aholisi qachondan respublikalar o‘rtasida erkin harakatlanishlari mumkinligi borasida izoh berdi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston: avtobus qatnovlarini tezroq tiklash masalasi muhokama qilindi
Sal avval tojik OAVlarida Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Farhod Orziyev muzokaralar davomida jumladan, chegaralar ochilishi masalasini ham muhokama qilishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Xususan, respublikalar o‘rtasidagi chegara o‘tkazish punktlari Navro‘zga kelib ochilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Tojikiston Transport vazirligi rahbari Sputnik Tojikiston muxbiri bilan suhbatda ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlar "yaqin va do‘stona" ekanligini qayd etib, transport sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini, joriy hamkorlik masalalari muhokama etilayotganini qo‘shimcha qildi.
"<...> lekin ikkala davlat o‘rtasida chegara o‘tkazish punktlari ochilishi borasida hozircha muzokaralar olib borilmayapti", - dedi vazir.
O‘zbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda
O‘zbekiston bilan chegara "pandemiya yakuniga yetgach", ya’ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng ochiladi, deb qo‘shimcha qildi Azim Ibrohim.
O‘zbekistonda o‘tgan yil 15-avgust sanasidan boshlab COVID-19 tarqalishiga qarshi joriy etilgan karantin choralari sekin-asta, bosqichma-bosqich yumshatila boshlangan edi. Mahalliy avtotransport harakatlanishi, mahalliy avia- va temir-yo‘l qatnoviga qo‘yilgan ta’qiqlar bekor qilindi.
Joriy yil 28-yanvardan yopiq zallarda konsert-tomoshalarini o‘tkazishga, 20-fevraldan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.