TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Kamida 16 inson Shveysariyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Shveysariyaning dorilar bozori bo‘yicha nazorat organi Swissmedic.
Regulyator vaksinatsiyadan so‘ng yuzaga kelgan noxush reaksiyalar haqidagi 364ta xabarni o‘rganib chiqqan, ulardan 199tasi Pfizer preparati, 154tasi esa — Moderna tomonidan taqdim etilgan vaksina bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek, 95 ta jiddiy reaksiyalar aniqlangan, shu jumladan, to‘rtta holatda anafilaktik shok yuzaga kelgan va 16 kishi vafot etgan.
"O‘n oltita jiddiy holatda odamlar vaksinatsiyadan so‘ng turli intervalda vafot etishgan. Ularning o‘rtacha yoshi 86 yoshni tashkil qilgan, ularning aksariyati jiddiy kasalliklarga ega bo‘lgan", — deyiladi bayonotda.
Swissmedic ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatlar tahlili o‘lim sababi vaksinatsiya bo‘lganini isbotlovchi dalillarni aniqlamagan.