TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari profilaktik tadbirlar davomida spa-salonlar faoliyatini tekshirildi.
Ta’kidlanishicha, poytaxt aholisidan kelib tushayotgan spa-salonlarda fohishaxonalar majudligi haqidagi shikoyatlarning soni oshmoqda.
23 va 24-fevral kunlari mazkur tadbirlar Yakkasaroy tumani xodimlari tomonidan tashkil etildi. Profilaktik tadbirlar davomida bir qator spa-salonlar faoliyati tekshirildi. Natijada “qo‘shimcha” xizmatlar taklif qilinayotgani bilan bog‘liq faktlar aniqlandi.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor mayor Munisa Abdurahmonovaning so‘zlariga ko‘ra, spa-salon ochgan tadbirkorlar ko‘pincha keyinchalik faoliyatda qatnashmasdan, mas’uliyatni menejerlarga yuklashadi. Natijada mas’ul shaxsda noqonuniy xizmatlar tashkil etish ikmoniyati paydo bo‘ladi. Salon egasi uchun esa ichki ishlar organlari xodimlarining tashrifi kutilmagan yangilikka aylanadi.
Xabarda aytilishicha, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha spa-salonlar xodimlari va rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Toshkent shahar IIBB xodimlari intim xarakterga ega noqonuniy xizmatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida ogohlantirmoqda.