O‘zbekistondagi “dinozavrlar qabristoni”da noyob topilma aniqlandi

Arxeologlar O‘zbekiston Qizilqum cho‘lida fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turini aniqlashdi. Dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Arxeologlar O‘zbekiston Qizilqum cho‘lida fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi qoldiqlarini qazib olishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qildi.
Unga Dzharatitanis kingi nom berilgan. U sayyorada yashagan eng katta jonzot - diplodokning eng yaqin qarindoshi bo‘lgan.
Dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan. Uning xivichsimon dumi va uzun bo‘yni sabab baland daraxtlardan ozuqa yeya olgan.
Dinozavr dum suyagi Qizilqum cho‘lidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan.
Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va o‘tkir tishlarga ega bo‘lgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. U bundan 145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin yakunlangan Bo‘r davrida yashagan.