Pashinyan Armanistondan qochmoqchimasligini aytdi - bosh vazir chiqishidan asosiy iqtiboslar

Armaniston Qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgach, bosh vazir o‘z tarafdorlariga bu davlat to‘ntarishiga urinish ekanligini aytib, fuqarolarni asosiy maydonda to‘planishga chaqirgan edi
Sputnik
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. 25-fevral kuni Armaniston Qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri iste’fosini talab qildi. Bosh shtab fikricha, mamlakatning siyosiy rahbariyati Armanistonni o‘ta xavfli chegaraga boshlab bormoqda.
Armaniston Qurolli kuchlari Pashinyan iste’fosini talab qildi
Bunga javoban bosh vazir Nikol Pashinyan davlat tshntarishiga urinish haqida e’lon qilib, fuqarolarni Respublika maydonida to‘planishga chaqirdi.
Pashinyanning o‘z tarafdorlari qarshisida so‘zlagan nutqidan asosiy iqtiboslarni keltirib o‘tamiz.
  • Armaniston bosh vaziriga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyat "boshqariladigan". "Fikrimcha, bu hissiyotga berilish oqibatida qilingan reaksiya edi. Armanistonda hozir holat ziddiylashgani bilan, bizda to‘qnashuvlar bo‘lmasligiga kelishib olishimiz kerak", dedi u.
  • Nikol Pashinyan o‘z tarafdorlari bilan Yerevan ko‘chalari bo‘ylab yurishda na o‘zi, na oilasi mamlakatdan qochmoqchimasligini ma’lum qildi. "Umid qilamanki, biz axborot terroriga ko‘nikib qoldik. Turli mish-mishlar tarqalmoqda - go‘yoki samolyotni hozirlab qo‘yganmiz va qochishga tayyorgarlik ko‘rapmiz emish. Biz shu yerdamiz va hech qanday holatda vatanni tark etmaymiz. Mening oilam shu yerda", - dedi Pashinyan.
    Sal avval Armaniston Armaniston Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, uni o‘z xalqiga nisbatan kuch ishlatishdan ogohlantirgan edi. Pashinyan qurolli kuchlar uning iste’fosini talab qilganidan so‘ng, bosh shtab rahbari Onik Gasparanni lavozimdan bo‘shatganini ma’lum qildi. Chorshanba kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisan Pashinyan taklifi bo‘yicha QK bosh shtabi rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatranni ishdan oldi, OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, Xachatran hukumat rahbari Pashinyanning "Iskander" majmualari haqida aytilgan gaplarini kulgiga olgan.