ODKB shtab boshlig‘i Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlarni sanab o‘tdi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qo‘shma shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Anatoliy Sidorov KXShT videokonferensiyasida mintaqaviy xavfsizlikka asosiy tahdidlarni sanab o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qo‘shma shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Anatoliy Sidorov Tojikiston Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan KXShT videokonferensiyasida mintaqaviy xavfsizlikka asosiy tahdidlarni sanab o‘tdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
Afg‘oniston hududida radikal islomiy va terroristik guruhlarning borligi avvalgidek xavotir o‘yg‘otmoqda. “Tolibon”* islomiy harakati Afg‘oniston hududida eng ko‘p sonli guruh hisoblanadi.
Hozir uning safida 70 mingdan ortiq jangari mavjud. Ekstremistlar katta hududlarni nazorat qilib, shimoliy, janubiy va janubi-sharqiy viloyatlarda faollik ko‘rsatmoqda.
"Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh mintaqalardagi otradlarning umumiy soni 15 ming kishini tashkil etadi", - deydi KXShT qo‘shma shtabi rahbari.
Mintaqa xavfsizligiga yana bir tahdid - bu "Islom davlati" xalqaro terrorchilik uyushmasining “Viloyat Xuroson”* guruhi Afg‘onistondagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bugungi kunda jangarilar soni 4 ming kishini tashkil qiladi.
"Ular Markaziy Osiyo davlatlarini kelgusi ekspansiyasi uchun plasdarm yaratish maqsadida Tojikiston va Pokiston bilan chegaradosh hududlar ustidan nazorat o‘rnatishga intilmoqda", - deb xulosa qildi general-polkovnik.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.