O‘zbekiston yilning birinchi oyida qaysi davlat bilan ko‘proq savdo-sotiq qildi

Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston importi va eksportidagi yuqori ulush Xitoy va Rossiyaga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatning jami import hajmi 1,6 mlrd dollarni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston importi va eksportidagi yirik 10 davlatni e’lon qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:  Xitoy – 337,2 mln dollar, Rossiya – 319,5 mln dollar, Qozog‘iston – 204,9 mln dollar.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya – 106,1 mln,  Fransiya – 78,4 mln, Koreya – 70,1 mln, Litva – 45,3 mln, Germaniya – 42,2 mln, Hindiston – 41,8 mln,  Braziliya – 30,0 mln. AQSh dollari.
O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
2021 yilning yanvar oyida O‘zbekistonning jami import hajmi 1,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar oyida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:  Xitoy – 147,0 mln dollar, Rossiya – 110,2 mln dollar, Turkiya – 106,5 mln dollar.
Qozog‘iston – 63,6 mln, Afg‘oniston – 58,1 mln, Qirg‘iziston – 41,5 mln, Tojikiston – 26,3 mln, Turkmaniston – 23,5 mln, Kanada – 19,1 mln, Eron – 7,7 mln. AQSh dollari bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan.