Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ayni damda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat TIV matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga o‘xshagan yetakchilar ko‘p bo‘lganmi?
22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan onlayn muzokarada Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyozaliyev va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev bo‘lajak tashrifni muhokama qildilar.
"Tomonlar Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifini tayyorlash, mazmuni va o‘tkazilishiga alohida e’tibor berishdi", - deyilgan xabarda.
Hozircha rasmiy tashrif sanasi haqida ma’lum berilmadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilovning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi kutilayotganini ta’kidladi.