TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Toshkent - Frankfurt - Toshkent muntazam qatnovlari tiklandi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya qaroriga binoan, Germaniyada 14 kun davomida bo‘lgan Germaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ikki haftalik izolyatsiyasiz O‘zbekistonga tashrif buyurishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-martdan boshlab "Uzbekistan Airways" AJ yo‘lovchilari yangi xizmat turi - aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Ushbu xizmat aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi. Endi har kim uydan chiqmasdan vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishi mumkin.