Inson umrini uzaytirish mumkinmi? Olimlar kashfiyot arafasida

Hujayralar yangilanish manbai bu – ildiz hujayralaridir. Ular qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanishi mumkin. Inson yoshi katta bo‘lgan sari ildiz hujayralarga ehtiyoj ortib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev —Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. Har soniyada inson organizmida 3,8 million dona yangi hujayra paydo bo‘ladi, bir kunda – 330 milliard. Lekin inson yoshi ulg‘ayishi va turli kasalliklarga chalinishi oqibatida hujayralar qayta tug‘ilish qobiliyati susayib boradi. Yaqinda rossiyalik olimlar yangi kashfiyot qilishdi: hujayralar ko‘payish jarayonini boshqarish mumkin ekan.  

To‘xtovsiz ko‘payish

Shvetsiyalik biolog Jonas Frisen 2005-yilda Inson hujayralari tug‘ilishining retrospektiv monitoringi (Retrospective Birth Dating of Cells in Humans) nomli hisobotini chop etgan edi. Unday aytilishiga ko‘ra, insonning turli a’zolari hujayralari turlicha davomiylikda umr ko‘rar ekan. Masalan, ichak hujayralari o‘rtacha – 10,7 yil, teri hujayralari –  5 yil, ko‘z to‘rpardasi hujayralari esa – bir umr.
Olimlar umrni bir necha yilga uzaytirish usulini aniqlashdi
Ya’ni, inson organizmida yangilanish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi. Har soniyada millionlab hujayralar o‘ladi, ularning o‘rniga yana millionlab hujayralar paydo bo‘ladi.
“Yangi hujayralar paydo bo‘lish jarayoni 3 xil amalga oshishi mumkin ekan: hujayralar bo‘linishi, ildiz hujayralar o‘zgarishi va bir hujayraning boshqa hujayraga aylanishi orqali”, -  deydi MGU Regenerativ tibbiyoti instituti direktori, akademik Vsevolod Tkachuk.

Chandiqsiz yaralar

Isroillik olimlar xulosasiga ko‘ra, inson organizmida bir kunda 330 milliard yangi hujayra paydo bo‘lar ekan. Ularning aksariyati (86% )qon tarkibida suyak iligi hujayralaridan yaratiladigan eritrotsitlar va neytrofillardir. Ular. Qolgan 12 % - oshqozon ichak hujuyralari va 1,1 % - teri hujayralari.
Yashash muddati bir necha kundan 15-yilgacha bo‘lgan qolgan hujayralar (1%dan kam)  – masalan skelet mushaklari – plyuripotent ildiz hujayralari hisoblanadi. Ushbu hujayralar o‘tgan asrda sovet biologi Aleksandr Fridenshteyn tomonidan kashf qilingan edi. Bugungi kunda aynan ushbu hujayralar olimlarni qiziqtirmoqda.
Shunisi aniq-ki, hujayralar yangilanish manbai bu – ildiz hujayralaridir. Ular ular - qon, nerv, suyak, tog‘ay, yog‘ va boshqa to‘qimalarga aylanishi mumkin. Yillar o‘tishi bilan inson organizmida ildiz hujayralar kamayib boradi. Lekin ba’zan, biror kasallik oqibatida, ayrim a’zolarda ildiz hujayralar muddatidan oldin tugab qolishi mumkin. Inson yoshi katta bo‘lgan sari ildiz hujayralarga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
Olimlar umrni o‘n yilga uzaytirish usulini aytdilar
Olimlar hozircha hujayralar o‘lish-tug‘ilish jarayonini qanday boshqarishni bilishmaydi, lekin ana shu jarayon o‘rganilganidan so‘ng, biz tana ichidagi jarayonlarni yangilash imkoniga ega bo‘lamiz, - deydi Tkachuk.
Hozir esa olimlar to‘qima injiniringi va gen-hujayra terapiyasi uchun kerakli to‘qimalarni alohida tanadan tashqarida yetishtirishmoqda.  
Olim aytishiga qaraganda, ko‘p potentli stromal hujayralar – o‘sish gormoni va oqsil ta’sirida boshqa hujayra turiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda olimlar yaralarni chandiqsiz davolaydigan oqsil moddasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
“Har qanday yaradan so‘ng  – chandiq qoladi. Orqa miya shikastlangan taqdirda – bu tragediya. Chunki chandiq orqali na tomir na nerv o‘sa oladi. Lekin inson organizmida chandiqsiz tuzaladigan a’zolar ham bor – masalan suyaklar yoki endometriya. Aniqlanishiga ko‘ra, ushbu to‘qimalar fibrozni sekinlashtiruvchi maxsus modda ishlab chiqarar ekan. Agar biz ushbu mexanizm sirini aniqlay olsak, kelajakda shikastlangan organlarni qayta tiklash uchun preparat ishlab chiqarishimiz mumkin”, - deydi olim.

Tiklangan miya

Insultga chalingan odam miyasini tiklash borasida esa olimlar yanada olg‘a qadam tashlashdi. Olimlar sinov tariqasida kiritgan maxsus preparatdan so‘ng tajriba sichqonlarida miya kasalligi sezilarli dajarada kamaygan.
“Ko‘p komponentli stromal hujayralar ishlab chiqaradigan oqsillar orasida ikkita juda muhimi bor —neyrotrof taktori (BDNF) va urokinaza (uPA). Ushbu oqsillar tomirlar va nerv tolalari o‘sishini ta’minlaydi”, - deydi Trachev.
Olim so‘zlariga ko‘ra, ular ushbu oqsillar  yordamida “endogen shpris” tayorlab tajriba sichqonlarining shikastlangan miya qismiga kiritishganda, kutilgan natijaga erishilgan – shikastlangan nerv hujayralari va qon tomirlar qayta o‘sib chiqqan.
Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini ochdi
Ushbu tajriba kelajakda gemorragik insultni davolash uchun xavfsiz vosita ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda MGU olimlar jamoasi multipotent ildiz hujayralari asosida erkaklar urug‘sizligini yengishda yordam beradigan preparat ishlab chiqarishgan edi. Ayni damda u klinik sinovlargancha bo‘lgan tekshiruvlardan o‘tmoqda.
Akademik aytishiga qaraganda, inson organizmi bu – kuchli regeneratsiya va reparatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan “o‘zini-o‘zi yangilash mashinasi”dir. Bugungi kunda olimlar hujayra tug‘ilish va o‘lish jarayoniga aloqador bo‘lgan yuzlab oqsil va gormonlarni o‘rganib chiqishgan. Ularni boshqarish mexanizmi o‘rganib chiqilsa – kelajakda regenerativ terapiyaning mutlaq yangi uslubi paydo bo‘ladi. uning yordamida nafaqat kasalliklarni davolash balkim inson umrini ham sezilarli uzaytirish mumkin bo‘ladi.