“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng so‘nggi qurollari

Rossiya global qurol-yarog‘ bozorining uchdan bir qismini nazorat qiladi va mudofaa sanoatining asosiy yangiliklarini 21-25 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida bo‘lib o‘tadigan eng yirik xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi IDEX 2021 da namoyish etadi.
Sputnik
IDEX 2021 ko‘rgazmasida Rossiya uchun ajratilgan ekspozitsiya taxminan 1200 kv. metrni tashkil etadi va 400 dan ortiq harbiy texnika namunalarini joylashtiradi. Bular yuqori texnologiyali raqib bilan bo‘lgan tortishuvda kuchli dalillar, zamonaviy tahdidlar va quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi xavfsizlik tahdidlariga qarshi eng yaxshi javob (shu jumladan hujum dronlarini zararsizlantirish).
Abu-Dabida ilk bor dunyoda uchinchi avlod tanki - Rossiyaning eng yangi T-14 “Armata” tankining xorijiy taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tank yuqori aniqlikdagi qurollardan himoyaga ega, avtomatik boshqarish tizimiga qo‘shilishi mumkin va pilotsiz rejimida sinovdan o‘tgan.
"Rosoboroneksport" 13 milliard dollarga qurol sotdi
Avvalroq Sputnik T-14 tanki eksport istiqbollari haqida xabar bergandi. Chet ellik mutaxassislar Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Jazoirni "Armata"ning ehtimoliy xaridorlari deb atashmoqda. IDEX-2021 ko‘rgazmasidagi "Uralvagonzavod" konserni so‘nggi tankdan tashqari yana bir taqdimot - universal zirhli muhandislik mashinasi (UBIM).
"Bumerang" g‘ildirakli yagona platformasi asosida ishlab chiqarilgan zirhli avtomashina va piyoda askar jangovar avtomashina, uzoq masofaga mo‘ljallangan "Antey-4000" zenit-raketa tizimi va eng so‘nggi o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketasi "Viking" tizimi birinchi marta namoyish etiladi.
Rossiya mudofaa sanoati pilotsiz uchar qurilmalarni jadal rivojlantirmoqda. “Rosoboroneksport” Turkiyaning Bayaraktar TB-2 ning "sinfdoshi" deb hisoblangan “Orion-E” razvedka-zarba kompleksini jahon bozorida muvaffaqiyatli targ‘ib qilmoqda va chet ellik mutaxassislar tomonidan katta qiziqish uyg‘otmoqda. Abu-Dabida Rossiyaning mashhur "Orlan-10E" pilotsiz majmuasi bo‘yicha materiallar ham namoyish etilgan.
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika - qurol bozorining asosiy xaridorlari bo‘lib, umumiy bozorning uchdan bir qismi ularga to‘g‘ri keladi. Rossiya qurollari bu yerda yaxshi tanilgan va katta talabga ega. "Rostex" bosh direktori Sergey Chemezovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa mamlakatlari 2020-yilda eksportning 50 foizidan ko‘pini tashkil qilgan. IDEX - tajriba va texnologiyalar almashinuvi, yangi sheriklik aloqalarini shakllantirish uchun eng muhim xalqaro platforma.

Yakson qilib bo‘lmaydigan zirhli texnika

Abu-Dabidagi Rossiya zirhli mashinalari safida zamonaviy T-90MS tanki, modernizatsiya qilingan T-72 tanki va tankni qo‘llab-quvvatlovchi jangovar zirhli transport vositasi (BMPT), “Tayfun” va “Tornado” zirhli mashinalari modellari namoyish qilinadi. “Uralvagonzavod” ekspozitsiyasida TOS-1A og‘ir o‘tsochar tizimi, 155 mm kalibrli 2S19M1-155 o‘ziyurar gaubitsa, 7,62 mm dan 57 mm gacha bo‘lgan avtomat qurollangan masofadan boshqariladigan turli xil jangovar modullar ham mavjud.
Yuqorida aytib o‘tilgan UBIM mashinasi, jangovar sharoitlarda muhandislik ishlarini bajarish, raqib ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llagan vaqtda ham undan  foydalanish mumkin. Yangi mashina birdaniga 3ta muhandislik vositalarining imkoniyatlarini birlashtirdi: zirhli tiklash-evakuatsiya, muhandislik to‘siq vositasi va zirhli minadan tozalash vositasi.
Rus “ovchisi” - AQSh va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
UVZ texnikasi an’anaviy ravishda xalqaro qurol bozorida yuqori talabga ega. “Biz Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan ko‘rgazmada namoyish etilgan namunalarga katta qiziqish bo‘ladi, deb umid qilamiz. Mudofaa sanoatining barcha kompaniyalari uchun IDEX hamisha eng muhim ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi va texnikamiz unda munosib o‘rin egallaydi", - dedi konsernning bosh direktori Aleksandr Potapov.

Eng ko‘p sotiladigan dronlar

Bugungi kunda Rossiyada samarali razvedka va zarba pilotsiz uchar qurilmalar (kamikadze) mavjud.  Jahon qurol bozorida bunday mahsulotlarga katta qiziqish mavjud. Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar ba’zi xususiyatlariga ko‘ra xorijiy raqobatchilardan ustun bo‘lgan "dron o‘q-dorilarni" yaratishda sezilarli yutuqlarga erishdilar.
Suriyada sinovdan o‘tgan KUB va “Lanset” zarba pilotsiz uchar qurilmalar boshqariladigan raketalarga qaraganda ancha arzon va radarlarga deyarli ko‘rinmaydi. “Korsar” droni sinovdan o‘tmoqda va "Luch" bosh ishlab chiqaruvchisi allaqachon ommaviy ishlab chiqarishni, shu jumladan "Korsar-E"ning eksport versiyasini ishga tushirishga tayyor. Dronlar faqat Rossiya bazalari va tarkibiy qismlarida foydalaniladi, bu esa uskunalarning ishlashiga ruxsatsiz tashqi aralashuvlardan yuqori darajada himoya qilinishi va ishonchli eksport ta’minotini kafolatlaydi.
Rus "Armata"si "zagranpasport"li bo‘ldi: u endi qayerga yo‘l oladi?
RFning ustuvor yo‘nalishi - Rossiya armiyasining turli xil turlari uchun pilotsiz uchar qurilmalar bilan ta’minlash, ammo bugungi kunda jahon bozoridagi yuqori talab Rossiya mudofaa sanoati mahsulotlarining xalqaro tijorat muvaffaqiyatini kafolatlaydi.

Yaqinlashib bo‘lmaydigan PVO tizimlari

Abu-Dabida “Rosoboroneksport” birinchi marta “Antey-4000” havo hujumidan mudofaa raketasi tizimini, “Viking” va “Tor-E2” havo hujumidan mudofaa tizimini namoyish etadi. Shuningdek, noyob havo hujumidan mudofaa tizimlari - S-400 “Triumf” va “Tor-M2KM” havo hujumidan mudofaa raketalari tizimi, dronlarga qarshi “Kupol-PRO” tizimi taqdim etildi.
Texnologik darajani tushunish uchun “Viking” tizimi “Buk-M3” kompleksining eksport versiyasi hisoblanadi (yaqinda Rossiya armiyasi qurollangan). Mashhur “Buk-M2” kompleksi bilan taqqoslaganda, otish masofasi bir yarim baravarga (65 km gacha), bir vaqtning o‘zida otilgan nishonlar soni oltitaga oshirildi. Ikki jangovar bo‘linmaning boshqariladigan zenit raketalari soni 8 tadan 18 taga ko‘paydi.
"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolotlari Kavkaz tomon yo‘l oldi
"Viking" jahon bozori talablarini hisobga olgan holda yaratilgan va uning texnik xususiyatlari chet ellik mijozlarning ustuvor yo‘nalishlariga maksimal darajada moslashtirishga imkon beradi. “Viking” qo‘mondonlik punkti radiolokatsion stansiya va boshqa RLS bilan bog‘langan. O‘q otish moslamalarini va o‘ziyurar o‘t o‘chirish moslamalarini avtonom ravishda ishlatish imkoniyati ta’minlanadi, bu esa umumiy himoya maydoni va obyektlar sonini ko‘paytiradi.
Abu-Dabidagi Rossiya stendida ko‘p maqsadli Su-35 qiruvchisi va Mi-38T vertolot modellari ham namoyish etiladi.
IDEX 2021 davomida “Rosoboroneksport” mutaxassislari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning harbiy-siyosiy rahbariyati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadilar.
Ko‘rgazma ochilishi arafasida Pokiston va Rossiya mudofaa sohasida bir qator shartnomalarni imzoladi, Islomobod Rossiyaning PVO va tankga qarshi tizimlarini oladi. "Rosoboroneksport" buyurtmalar portfelida 50 milliard dollarlik shartnomalar mavjud. Yuqori texnologiyalar va zamonaviy rus qurollari sayyora bo‘ylab g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.