Rahmon tantanali Navro‘z bayramidan voz kechishga chaqirdi

Koronavirusni yenggan Tojikiston bu yilgi Navro‘zni ortiqcha xarajatsiz va tejamkorlikka rioya qilgan holda nishonlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bu yilgi Navro‘z bayramini ortiqcha xarajatsiz nishonlashni to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Rahmon respublika bosh vaziri o‘rinbosarlari, prezident yordamchilari va qator vazirliklar va davlat idoralari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Unda qator masalalar, jumladan, Navro‘z bayramini ortiqcha chiqimsiz nishonlash muhokama qilingan.
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
“Navro‘z bayramini nishonlash haqida gap bordi, davlat rahbari bu bayramni ortiqcha xarajatsiz va tejamkorlikka rioya qilgan holda o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi”, - deyilgan xabarda.
Tojikiston yetakchisi hukumatning barcha xatti-harakati xalqning munosib hayotini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotiga qaratilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Tojikistonda Navro‘z an’anaviy sahna ko‘rinishlarisiz nishonlanadi. Respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi mahalliy konsert va sport musobaqalariga ruxsat bergan. Shuningdek, barcha gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda sayr qilish mumkin.