Bill Geyts pandemiyani to‘xtatish usulini aytdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts "koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqaradigan korxonalar qurilishiga milliard dollarlik investitsiya ajratish maqsadga muvofiq" deb aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Microsoft asoschisi Bill Geyts Munxen Xavfsizlik Konferensiyasida nutq so‘zladi.
Unda biznesmen koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqaradigan korxonalar qurilishiga milliard dollarlik investitsiya ajratish maqsadga muvofiq deb aytdi.
"Bizga investitsiyalar kerak. Bu hech qachon takrorlanmasligiga ishonch hosil qilish uchun oz miqdorda milliard zarur", - dedi u.
Geyts, davlatlar va korporatsiyalar o‘rtasida hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi.
Uning fikriga ko‘ra, hozir va yaqin yillarda hamma preparatni olishi, shuningdek kelajakda shu kabi ofatlarning oldini olish uchun ekspertlar darajasida birlashish asosiy jahon ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak.
Bundan avval, Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 2 ta tahdid - iqlim o‘zgarishi va bioterrorizm bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Ishbilarmon "Har yili "pandemiya davri"ga qaraganda, ko‘proq odamlar iqlim o‘zgarishidan aziyat chekishi mumkin", deya bashorat qilgandi.