TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 50 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 598 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 36 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 78 100 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 876 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 153 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 109,9 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (27,8 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,9 mln).