TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Toshkent shahar transport tizimi takomillashtiriladi, bu haqida prezidentning "Toshkent shahar transporti sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi" qarori loyihasida aytib o‘tilgan.
Yangi transport tizimida quyidagilar joriy etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
- Boshqarma tarkibiga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi kiritiladi.
- Toshkentda jamoat transporti uch toifaga bo‘linadi va maqbullashtiriladi: bog‘lovchi, yetkazib beruvchi va magistral yo‘nalishlar.
- Boshqarma huzurida yuridik maqomga ega bo‘lmagan “Toshkent shahar transportini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etiladi.
Toshkent shahar jamoat transportiga tizimiga kiritilayotgan barcha o‘zgarishlar bilan batafsil quyida tanishish mumkin.