TOShKENT, 18 fev — Sputnik. "Rospotrebnadzor"ning sobiq rahbari, davlat dumasi deputati Gennadiy Onishenko "Vechernyaya Moskva" nashriga bergan intervyusida COVID-19ga qarshi "Sputnik V" vaksinasini qanday qilib qisqa muddatda ishlab chiqishga va ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lingani haqida izoh berdi.
""Sputnik"ni qanday qilib tezda tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazdik? Chunki bir necha yil oldin, yaqin sharq virusi nomini olgan MERS koronavirusi tarqalganida, bu vaksina allaqachon yaratilgan edi. Va, agar virusning yangi turi paydo bo‘lsa, biz preparatimizni shunday adaptatsiya qilamizki, toki u endilikda boshqa kasallikka qarshi immunitet bilan ta’minlasin", - dedi Onishenko.
Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus mutatsiyasi virus genetik kodini o‘zgartirmaydi, va mavjud vaksina COVID-19ning barcha yangi shtammlariga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
"Sputnik V" vaksinasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2020-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. U Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobilogiya milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksina COVID-19 ga qarshi profilaktika uchun yaratilgan dunyodagi birinchi preparatdir. "Sputnik V" o‘rganilgan va tekshirilgan inson adenovirusli vektorlari platformasi asosida yaratilgan.
Obro‘li Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, vaksina yuqori immunogenlik va xavfsizlik darajasini namoyish qilgan. Preparat samaradorligi 91,6 %ni tashkil qilgan, preparat COVID-19 ning barcha og‘ir holatlaridan to‘liq himoyani ta’minlaydi.