“Bu hamma narsani vayron qiladi”: Pentagon Rossiyani nima bilan “jilovlamoqchi”

AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimi eshelonining kosmosda paydo bo‘lishi Moskvani tashvishlantirmoqda. "Vashington rejalari mavjud xalqaro xavfsizlik tizimini beqarorlashtiradi", - Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov.
Sputnik
Andrey Kos. AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimi eshelonining kosmosda paydo bo‘lishi Moskvani tashvishlantirmoqda. Vashington rejalari mavjud xalqaro xavfsizlik tizimini beqarorlashtiradi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov. Diplomat ta’kidlashicha, agar bu tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, amerikaliklar orbitadan mintaqalararo ballistik raketalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishlari mumkin.

30 foizgacha

Avgust oyida AQSh kosmik kuchlari o‘zining harbiy doktrinasini e’lon qildi. Hujjatning asosiy ma’nosi: orbitani boshqarish - bu jangovar harakatlarni rejalashtirish va o‘tkazish uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mualliflar qadim zamonlardan buyon qo‘mondonlar jang oldidan tepalikni egallab, strategik ustunlikka ega bo‘lishni - dushmanning harakatlarini ko‘rish, jang maydonini bemalol kuzatish, kutilmagan hujum oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishni orzu qilganligini eslatadilar. XXI asrdagi eng foydali pozitsiya - bu yerga yaqin bo‘lgan orbita. Pentagonga ko‘ra, uni AQSh kosmik kuchlari nazorat qilishi kerak.
AQSh hisobda yanglishdi: Novak "ShO-2" deyarli tayyor, deb aytdi
Doktrina strategik qurol elementlarini orbitaga joylashtirishni istisno etmaydi. Pentagon rahbari Jeyms Mettis 2018-yil avgustida kosmosga "yangi jangovar harakatlar teatri" sifatida qarash kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, "kosmosda raketa uchirish holatlarini aniqlaydigan datchiklarni joylashtirish zarurati - asosiy omil". Mutaxassislar amerikaliklar datchiklardan keyin orbitaga zarba beradigan qurollarni ham joylashtirilishini istisno qilmayapti. AQSh sovuq urush davrida sovet QBRlarini urib tushirishga qodir bo‘lgan orbitali raket-tutuvchi samolyotlarini loyihalari bor edi.
"Tramp davrida kosmosni militarizatsiya qilish haqida gapirish boshlandi”, deydi siyosatshunos Sergey Sudakov RIA Novostiga.
 "Ular Kosmik kuchlarni tashkil qilishdi, uchirishlar sonini ko‘paytirishdi. Shubhasiz, bu kurs Bayden davrida ham davom etadi. AQSh kosmik raketalarga qarshi mudofaa loyihasini amalga oshirish imkoniyatiga ega. Mamlakat dunyodagi eng katta sun’iy yo‘ldosh guruhiga ega, u doimiy ravishda to‘ldirilib borilmoqda, bundan tashqari kosmik kemalar rasmiy ravishda nodavlat kompaniyalar tomonidan ham uchiriladi, masalan, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi. Orbitada tijoriy sun’iy yo‘ldoshlardan harbiy maqsadlarda foydalanish ham mumkin"
Shunga qaramay, ekspertning fikriga ko‘ra, raketaga qarshi mudofaa tizimining kosmosda joylashtirish Pentagonga Rossiyaning yadroviy tiyib turish salohiyatini to‘liq zararsizlantirishga imkon bermaydi.
AQSh yangi davlat kotibi Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi
Kosmik raketa-tutish samolyotlari uchirilgan MBR (mintaqalararo ballistik raketalari)larning 30 foizigacha yo‘q qilishi mumkin. Biroq, umumiy yadroviy urush sharoitida bu juda ko‘p. Bundan tashqari, ba’zi MBRlar Yevropadagi va AQShdagi raketa tutuvchilari, shuningdek, Aegis tizimi va SM-2 va SM-3 raketalari bilan jihozlangan NATO kemalari urib tushiradi. Natijada, javob yadro zarbasi kuchli bo‘lmaydi.

Kosmosda urushlar

"Moskva bunday tashabbuslarga yanada qattiqroq javob berish kerak. Kosmosda raketaga qarshi mudofaa tizimining elementlarini joylashtirish bu casus belli ekanligini - eng qattiq reaksiyani talab qilishini Vashingtonga tushuntirish kerak. Agar biz kosmosni militarizatsiya qilish – bu qizil chiziq ekanligi ko‘rsatsak, hech bo‘lmaganda, orbital eshonni joylashtirishni sekinlashtira olamiz”, - deydi Sudakov.
Amerika doktrinasiga ko‘ra, kosmik kuchlar orbitaning "xavfsizligi" uchun javob beradi, unga AQSh va ittifoqdoshlar uchun kirish imkoniyatini beradi, shuningdek, raqiblarini qo‘rqitish va ularni o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga majbur qiladi. Yuklar va xodimlar ko‘p marta foydalaniladigan kemalar orqali yetkazib beriladi, taktik, tezkor va strategik darajadagi ma’lumotlarni uzatish uchun ular kuchli sun’iy yo‘ldosh guruhini yaratadilar. Atmosferadan tashqarida foydalaniladigan razvedka, kuzatish va aloqa apparatlariga alohida o‘rin ajratilgan.
Rus “ovchisi” - AQSh va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
AQSh va NATOdagi ittifoqchilari armiyalari sun’iy yo‘ldoshlarga juda bog‘liq. Aynan kosmosda qo‘shinlar va qurollarni boshqarish, razvedka, aloqa va navigatsiya boshqaruvining asosiy vositalari to‘plangan. Orbitada mingga yaqin harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan apparatlar navbatchilik qilmoqda. Doktrina mualliflari Vashingtonning barcha raqiblarini Amerika orbital guruhi haqida har qanday ma’lumot olish imkoniyatidan mahrum etish zarurligini ta’kidlamoqda. Shu maqsadda DARPA mudofaani rivojlantirish bo‘yicha agentligi bir necha yillardan buyon bitta tarmoqqa ulangan 200 tagacha kichik sun’iy yo‘ldoshni past orbitaga olib chiqishni ta’minlaydigan Blackjack dasturini amalga oshirmoqda. Ularni kuzatib bo‘lmaydi, deb hisoblashadi.

Orbitani siyraklashtirish

Rossiya HKK G‘arb davlatlari sun’iy yo‘ldoshlarining harakatlarini qayd etishga qodir bo‘lgan texnik vositalar va mutaxassislarga ega. Orbital guruhning xatti-harakati bilan, odatda, NATO shtabida o‘ylab topilgan narsalarning ko‘pini taxmin qilish qiyin emas.
Xalqaro vaziyat keskinlashgan taqdirda, Rossiya nafaqat G‘arb davlatlarining sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatishi, balki ularni samarali yo‘q qilishi ham mumkin. Noyabr oyida Qozog‘istonning Sari-Shagan poligonida Moskva va Rossiyaning g‘arbiy qismidagi sanoat obyektlariga hujum qilishda Amerika raketalarini tutib olish uchun mo‘ljallangan istiqbolli A-235 “Nudol” raketaga qarshi mudofaa tizimining raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, uning imkoniyatlari past orbitalarda kosmik obyektlarni yo‘q qilish uchun yetarli bo‘ladi.
AQSh osmonida uchib o‘tgan “uchar likobcha” raketa bo‘lib chiqdi
Bu raketa 2014-yildan beri sinovdan o‘tkazilmoqda. 2018-yil mart oyida Pleseskda ilk bor sinovdan o‘tkazildi. Mobillik - istiqbolli kompleksning asosiy "ustunligi". Xavf davrda qurilmalar ilgari tayyorlangan joylarga o‘tkaziladi, u yerda ular ishga tushirish paytigacha raqib sun’iy yo‘ldoshlari uchun ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Sinovlar videosini o‘rgangan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, raketa uchirish tezligi gipertovushga yaqin bo‘lgan.
Rossiyaning sun’iy yo‘ldosh tutadigan raketasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri orbitaga olib chiqish bilan bog‘liq sinovlari - AQShning yerga yaqin kosmos makondagi manfaatlariga chaqiriq, - deb aytdi AQSh havo kuchlari kosmik qo‘mondonligi rahbari general Jon Reymond.