TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 427 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ko‘rsatgich 2020-yilning mos davriga nisbatan 27 mln dollarga yoki 7 foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 101 mln dollarga yetgan.
Xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 326 mln. dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etgan edi. Bu 2019-yilga nisbatan 17 mln dollarga ko‘proq.