Shamollash va gripni davolashda qanday dorilardan foydalanish kerak - apteka javobi

Shamollash va gripp bir-biriga o‘xshash kasalliklar. Ularni davolashda antibiotiklardan juda ehtiyot bo‘lib foydalanish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Har bir inson amollashi yoki grippga chalinishi odatiy hol bo‘lsa kerak. Bunday vaziyatda qanday dorilardan foydalanish to‘g‘ri bo‘lishi haqida "Dori-darmon" AJ aptekalar tarmog‘i foydali ma’lumotlarni taqdim etdi.
Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi – ekspert
Shamollash — ayniqsa, sovuq mavsumda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Bunga asosan yuqori nafas yo‘llari(burun, tomoq, traxeya)ga ta’sir ko‘rsatadigan virusli infeksiya sabab bo‘ladi. Noto‘g‘ri davolanish yoki kasallikni o‘tkazib yuborish pnevmoniya yoki bronxitga sabab bo‘lishi mumkin.
Gripp — bu o‘ta yuqumli mavsumiy nafas olish yo‘llari kasalligi bo‘lib, odatda dekabr va mart oylari orasida ro‘y beradi, fevral oyida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. 
Ushbu ikki kasallik shamollash va gripp ba’zan bir-biri bilan adashtiriladi, chunki ularning alomatlari juda o‘xshash. Ammo bu noto‘g‘ri.
Grippning birinchi alomatlaridan biri - bu ko‘z qizarishi, umumiy holsizlanish. Keyingi alomatlari - tana harorati 38 darajadan oshishi. 
Antibiotik qachon kerak?
Antibiotiklar haqli ravishda zamonaviy tibbiyot xazinasi hisoblanadi. Ammo ularni noto‘g‘ri ishlatish qimmatga tushishi mumkin. Antibiotiklar odatda bakteriyalar sabab bo‘lgan kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Shamollash va grippda ulardan foydalanish kerak emas.
Sentabrdan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi
Kasallik boshlanishining dastlabki kunlarida organizmda tabiiy immunitet reaksiyasi paydo bo‘ladi, antibiotikni juda erta ishlatganda esa, o‘z-o‘zidan infeksiyani boshqarishi mumkin bo‘lgan himoya mexanizmlari yo‘q qilinadi.
Shuning uchun gripp va shamollash paytida antibiotiklardan saqlanish yaxshiroqdir. Ular faqat bakterial infeksiya tashxisida samarali bo‘ladi.
Tahr: Har qanday, inson uchun eng oddiy tuyulgan kasallikni davolashda ham, birinchi navbatda, shifokorga murojaat qilish va dorilardan uning retseptiga asosan foydalanish - davolanishning eng to‘g‘ri va samarali uslubi bo‘ladi.