Rossiya hududlarida "hayot sifati" reytingi hisoblab chiqildi

Moskva - bu Rossiya emas: RIA Novosti Rossiyaning turli hududlarda hayot sifati reytingini hisoblab chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. RIA Reyting agentligi Rossiyaning turli hududlarida 70 dan ortiq ko‘rsatgichlar bo‘yicha hayot sifati reytingini hisoblab chiqdi. 
Reyting natijalariga ko‘ra Moskva (82,1 bal), Sankt-Peterburg (80,6), Moskva viloyati (76)  va Tatariston Respublikasi (66,6) - reytingning eng yuqori qismidan joy olgan. Maksimal ball - 100.
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon bo‘lgan davlat deb topildi - reyting
Eng oxirgi o‘rinlarda esa – Tiva Respublikasi (17,5 ball), Zabaykalskiy o‘lkasi (26,8), Karachayevo-Cherkessk (27,6) va Yevrey avtonom oblasti (28,1) o‘rin olgan.
Reyting hisoblashda Rosstat, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa muassalalar ma’lumot bazalari asosida har bir hudud uchun 70 ta ko‘rsatgich bo‘yicha tahlil qilib chiqilgan. Yakuniy jadvalda ko‘rsatgichlar 11ta guruhlarga birlashtirilgan: aholi o‘rtacha daromadi, bandlik va ishsizlik darajasi, yashash sharoitlari, yashash xavfsizligi, demografiya, ekologiya va iqlim sharoitlari, sog‘liqni saqlash tizimi va ta’lim, ijtimoiy infrastruktura obyektlari, iqtisodiy rivojlanish, kichik biznes rivojlanishi, transport tizimi rivojlanishi darajasiga baho berib, 1dan 100gacha umumiy balllarni hisoblab chiqishgan.
Reyting ballari va shartlari bilan batafsil quyida tanishish mumkin.