Jasur Yaxshiboyev Polsha klubiga o‘tdi

O‘zbekistonlik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchgan “Legiya” jamoasiga qo‘shildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z faoliyatini Polshada davom ettiradi.
Varshava jamoasi Yaxshiboyev bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomada uni uzaytirish mumkinligi haqida band ham bor. 
Bunga qadar Yaxshiboyev Belarus oliy ligasi ishtirokchilari “Shaxtor-Soligorsk” hamda “Energetik-BGU” safida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 27 ta uchrashuvda 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Legiya” jamoasi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu mavsumda esa ular 32 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy olgan.